Ikardining agenti "Inter" rahbariyatiga qanday ultimatum qo‘ydi?

  • 19 fevral, 2019, 20:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning “Inter” klubi forvardi Mauro Ikardining agenti va xotini Vanda Nara “neradzurrilar” rahbariyatiga ultimatum qo‘ydi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Nara rahbariyatdan Ikardiga tegishli bo‘lgan sardorlik bog‘ichi qaytarilishini talab qilmoqda. Aks holda argentinalik futbolchi maydonga tushmasligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, shartnomani uzaytirishni xohlamayotgani uchun “Inter” rahbariyati Ikardidan sardorliq bog‘ichini olib qo‘ygan va uni darvozabon Samir Xandanovichga topshirgan edi.

Ikardi “Inter”ning Evropa ligasidan o‘rin olgan “Rapid” va A Seriyadan o‘rin olgan “Sampdoriya”ga qarshi o‘yinlarida ishtirok etmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!