Ikardi "Kalyari"ga qarshi bahsda ham maydonga tushmaydi

  • 28 fevral, 2019, 21:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" forvardi Mauro Ikardi A Seriyaning navbatdagi turidan o‘rin olgan "Kalyari"ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Tecno

Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli argentinalik futbolchi ushbu o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, “Kalyari” – “Inter” uchrashuvi 1 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Ikardi bundan avval shartnomani uzaytirish borasida kelib chiqqan mojaro ortidan sardorlik bog‘ichidan ayrilgandi. Keyinroq esa Evropa ligasi doirasidan o‘rin olgan “Rapid”ga qarshi safar bahsiga borishdan bosh tortgandi. Shundan so‘ng mashg‘ulotlar paytida jarohat oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!