Hujumchiga «dars» bergan afsonaviy himoyachilar!

  • 15 sentabr, 2018, 13:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumchilarni to‘xtatgan himoyachilar

Tecno

Agarda tarixda 94-yilgi “Milan” betonidan yaxshiroq himoya bo‘lsa bu aynan mana shu juftlikka tegishlidir.

Nesta va Kannavaro to‘fon va portlash kabi edi: biri – sovuqqon, doim e’tiborli, boshqasi – shiddatli, qarorli va badjahl. Ajoyib futbol olamida ovozi chiqqan ustoz va gopnik, : hujumchilar Nestaga talabalar kabi imtixon topshirardi, kamdan-kam hujumchi aqlli imtixon oluvchi qarshisida ishonchli o‘ynardi. Kannavaro esa to‘p bilan o‘z nuqtasida – qattiq, tezkor va ishonchli tarzda nazorat qilardi.

Evro-2000 da Kannavaro va Nesta finalga birinchi o‘yinda atigi bitta gol o‘tkazib yuborgan holda chiqishdi. Yarim finalda italyanlar gollandlarga qarshi o‘ynadi – to‘rtta uchrashuvda 13 gol urgan Klyuyvert va Bergkamning tajovuzkor jamoasi. Italiya o‘sha uchrashuvning 34-daqiqasidayoq kamchilik bo‘lib qoldi, ikki soat 0-0 hisobini saqlab qoldi va penaltilar seriyasida qo‘li baland keldi. Toldo o‘sha bahsdan keyin o‘z himoyachilarini maqtab qo‘ygandi: “Gollandlar bizga 24 soatdayam gol ura olishmasdi.”

O‘sha yozda tiffozilar Nesta va Kannavaro bilan yodda qoldi, The Guardian esa ularni ingliz himoyachilariga namuna qilib ko‘rsatishdi. Ushbu buyuk hamkorlarning yutug‘i ham shunda edi – ular futbol rassomlari va bombardirlarini o‘z soyasida qoldirgan so‘nggi etakchi-himoyachilar edi.

“Real”da Ronaldo, Raul, Bekxem va van Nistelroy o‘ynashadi, ammo menda ko‘proq Kannavaro taassurot qoldirdi. U kuchli va abjir, uning matchlarga yondashuvi o‘zgacha. U dunyoning eng yahshi himoyachisi” – degan edi Mamadu Diarra.

Nesta vaqtdan o‘zib ketib kelajak himoyachisiga aylangandi.

2010-11-yilgi mavsumda Nesta 26 uchrashuvda atigi 18 marta o‘yin qoidasini buzgan edi. Bu 90 daqiqaga o‘rtacha 0.7 dan to‘g‘ri keladi. Bu markaziy himoyachilar orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkich edi. 35 yoshida unda avvalgi tezligi qolmagandi, ammo u uddaburonlik bilan raqiblardan to‘pni olib qo‘yardi va chorasiz raqiblari ustidan kulardi: “Messi men uchun tezkor? Bo‘lmagan gap.”

Sandro o‘zi o‘yin qoidasini buzishdan ko‘ra unga nisbatan qo‘pol o‘ynashardi: “Himoya hayot kabi – kim ishtoningdan  tortib qolishini bilmaysan.”

Ronaldo Nestani himoyachi emas chegarachi deb atagandi. Italiyalik himoyachi hujumchilarni xavf tug‘dirguniga qadar to‘xtatib qo‘yardi. U futbolni intuitsiyasi va ajoyib jismoniy ko‘rsatkichlari bilan bog‘lardi – to‘pni egallab olish doim to‘pga tashlanishdan ustun bo‘lgan.

Bunday uslub katta tavakkalchilik degani – orqangda bo‘sh zona qoladi va har qanday xato (traektoriyani noto‘g‘ri hisoblash, noo‘rin sakrash, kiks) xavfli vaziyatni tug‘dirishi mumkin. Boshqa himoyachiga ehtiyot chorasi uchun ikki kishi kerak bo‘lardi, biroq Sandro adashmasdi.

“Nesta kabilarni topish mushkul. Texnika, taktika va insoniy fazilatlari bilan u italyan tarixida unutilmas kamyob futbolchilardan biri” – degan edi Maldini hayratini yashirmay.

Nesta to‘pni olib qo‘yar, egallab olar, bo‘sha darvozadan olib chiqardi, shunday bo‘lsada, baribir u klassik himoyachi emasdi. U 90-yillar o‘rtasida – yangi asr arafasida orqaga pas uzatish bekor qilingan, ofsayd qoidalari o‘zgargan paytda o‘ynagan. Futbol chiziqli himoyaga o‘tdi, birinchi pasni beruvchi texnik “libero”lar o‘lib bo‘ldi, “Latsio”ga inqilobchi Zeman keldi. Keyin Nesta barchasi uchun chexiyalik murabbiy oldida qarzdor ekanini tan oldi: “Zeman faoliyatimdagi muhim rolni o‘ynadi. U – tushunib bo‘lmas daho.”

Chexiyalik murabbiy himoyadan turib to‘pga egalik qilishni tuzdi va birinchi pas majburiyatini mantiqiy tarzda texnikasi yuqori Nestaga yukladi. Sandro libero va klassik himoyachi qorishmasiga aylandi. Hujumni orqadan turib boshlashga javobgar bo‘ldi, faol tarzda vertikaliga harakatlana boshladi va bu bilan bir qatorda boshqalar kabi himoyada o‘ynashga va pozitsiyani ushlashga majbur edi.

“Nesta himoyada to‘p bilan o‘ynab yangi davrni boshlab berdi. U doim hamisha yuqori darajada edi. U haqiqiy namuna edi va men undan hayratlanardim” – deya hikoya qiladi Leo Bonuchchi.

Rimlik himoyachi kelajak himoyachisi obrazi edi – tezkor, texnikasi yuqori, hujumga qo‘shiladi va dribling va vertikal pas bilan himoyadan osonlik bilan chiqadi. Bonuchchi Nestaning uslubidan kuch oldi va orqa chiziqdan turib maydonni ko‘rishni ideal darajasiga olib chiqdi, ammo yordamchi kuchsiz o‘ynashni va uzun uzatmalarni 36 yoshli Nestachalik bajarishni o‘rgana olmadi.

Kannavaro so‘nggi buyuk qo‘riqchi edi

Fabio Kannavaro do‘sti Nesta kabi yangi davrni boshlamadi, himoyachilar xususiyatini o‘zgartirmadi. Bu kerak emasdi ham: “italyan himoya maktabi “Oltin to‘p”ni yutgandi. Markaziy himoyachilardann tez-tez bunyodkorlikda qatnashishni talab qilidi, ammo birinchi navbatda himoyachi himoyalanishi kerak.”

U buni qanday bajarishni bilardi. Hammadan yaxshiroq. Kannavaro asosiy tarkibda Angliyaga qarshi debyutini o‘tkazdi va shaxsan Shirer bilan o‘ynadi. Hamma “Uembli”da angliyalik italiyalikni “eb qo‘yadi” deb o‘ylagandi. Shirer deyarli har bir o‘yinda gol urardi, APL qatorasiga uch marta eng yaxshi to‘purar bo‘ldi va “Oltin to‘p”ning kuchli uchligiga kirdi. Italiya o‘sha uchrashuvni yutdi, Shirer esa darvoza tomon birorta zarba yo‘llay olmadi. Fabio superhujumchini “eb qo‘ygandi”.

Himoya u uchun kasb emasdi, o‘zini ifodalash edi. “Haqiqiy erkaklar himoya qiladi, hujum qilmaydi.” Futbol stilistikasi ortida mukammal professional salohiyati yashiringan. Kanna har doim hujumchilarga qarshi kurashda himoyachiga qo‘l zarur derdi va trenajyor zalida aynan shu borada ko‘p ishlardi. Tananing yuqori qismi chiniqqanligi uning katta bo‘lmagan bo‘yi (176 sm) to‘ldirib turardi. Uni havoda enggan yoki to‘pni undan olib qo‘ygan birorta futbolchi yo‘q.

“Barchasini futbol uchun qilganimdan faxrlanaman. Butun hayotimni tanamni va o‘yinimni kuchaytirish uchun sarfladim. 32 yoshimda Jahon Chempionatini yutdim, 33 yoshda “Oltin to‘p”ni. Qurbonliklarim bunga arziydi.”

U hujumchilarni mensimasdi: “Hujumchilar bilet sotadi, himoyachilar o‘yinni yutadi.” Fabio uchun ular tabiiy ravishda dushmanlar edi, uning yorqin uslubi esa imkoniyat qoldirmasdi: Nesta kabi u to‘pni egallab olishni afzal ko‘rardi, ammo agarda to‘p raqibda bo‘lsa, qattiq va mustahkam Kannavaro hech qachon kurashdan chekinmasdi. Yoshligida u “Napoli”dagi mashg‘ulotlardan keyin hovliga chiqardi, Neapol ko‘chalarida qoidasiz futbol o‘ynashardi. Qo‘pol professional esa bunday ko‘ngilxushlikni o‘tkazib yubormasdi.

“Kannavaroga qarshi o‘ynaganingda darvoza tomon zarba yo‘llash juda qiyin. Xatto o‘z jamoadoshingga to‘p etkazish ham qiyin” – Fabioga qarshi xatto fenomen Ronaldo ham o‘ynashni yoqtirmasdi.

Marchello Lippi uni Italiyaning so‘nggi qo‘riqchisi deb atadi. Fabio zonada o‘ynashni bilardi, ammo hujumchilarni qo‘riqlab yurishni yaxshi ko‘rardi. U bir qadam ham jilmasdi va xatto ular ortidan kiyinish xonasiga borishga ham tayyor edi. “Napoli”dagi birinchi mashg‘ulotida kimsan Maradonana hayratda qoldirgandi. Buyuki dribling ustasi uchinchi urinishdayoq yosh yigitchani enga olgandi. “Hammasi taymingga bog‘liq. Bu o‘yinimdagi kalit hisoblanadi. Uni o‘rganib bo‘lmaydi, bu menga tug‘ilishdan o‘tgan” – deydi Fabio.

Fabio futbolchilik faoliyatini 37 yoshida tugatdi va so‘nggi mavsumida bir o‘yinda o‘rtacha 31 marta to‘pni olib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Uning ojiz tomonlari yo‘q edi va Imon Danfi u va eng yaxshi himoyachilar orasidagi farqni aniq ta’’riflagandi: “Agarda Rio Ferdinand haftasiga ming funt ishlab topsa, Kannavaro kuniga million evro turadi.”

***

Nesta yangi davr himoyachisining namunasi bo‘lgan bo‘lsa, Kannavaro – pozitsion modelning yuksak ramzi edi. Ularning himoyadagi o‘yinlari futbol va san’at o‘rtasida joylashgan edi. Ishonchli, minimum follar va hujumchilar ustidan total nazorat ularning sifatlari edi.

Marselo bir marta bu yuksak tuyg‘uni ajoyib ta’riflagandi: “U menga aytdi: “Hujumga bor. O‘zingi erkin tut, himoya haqida o‘ylama. Men – Kannavaroman. Hammasi nazoratim ostida.”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!