Hamidjon Aktamov: Grigalashvili kelasi mavsum ham bizda o‘ynaydi

  • 9 iyul, 2018, 15:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum boshida Navoiyning “Qizilqum” klubi safiga kelib qo‘shilgan va o‘zining to‘purarlik qobiliyatini namoyish etayotgan gruziyalik hujumchi Elguja Grigalashvili ayni damda mamlakatimizning bir qator etakchi jamoalari qiziqishlariga sabab bo‘la boshlagan. Ammo, navoiyliklar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov SPORTS.uz muhbiri bilan suhbatda Grigalashvili bilan shartnoma uzaytirilgani va u kelasi mavsum ham “Qizilqum”da o‘ynashi haqida aytib o‘tdi.

Tecno

- Oxirgi paytlarda aynan Grigalashviliga qiziqayotgan jamoalar ko‘payib borayotgani haqida ko‘p eshityapman. Endi uni jamoada olib qolish sizga qiyinchilik tug‘dirmayaptimi?

- Yo‘q, nimaga qiyinchilik bo‘ladi? U bizning futbolchimiz. Grigalashvili bilan kelasi yil uchun ham shartnomamiz bor.

- U bilan shartnomani uzaytirishga ulgurdingizmi?

- Ha, uni olgan paytimdayoq ikki yilga shartnoma tuzganmiz.

Tajribali mutaxassis bilan to‘liq suhbatni tez orada saytimiz orqali o‘qishingiz mumkin. Bizdan uzoqlashmang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!