Gvardiola ijaradagi futbolchini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi

  • 23 mart, 2017, 18:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Huquqiy jihatdan Turinning “Yuventus” klubiga tegishli va joriy mavsumni ijara asosida “Bavariya” safida o‘tkazayotgan Kingsli Koman faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Le10Sport nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, 20 yoshli frantsiyalik futbolchining xizmatlariga “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra “shaharliklar” tez orada Komanning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi.

Ma’lumot uchun, Komanning “Bavariya” bilan ijara shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Ammo, myunxenliklar futbolchini jamoada olib qolishni istashsa, “Yuventus”ga 21 million evro to‘lab, uni to‘liq sotib olish huquqiga egalar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!