
Gvardiola: "Manchester Siti" futbolchilari mavsumga to‘liq tayyor emas
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa futbolchilarining mavsumga tayyorgarliklari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Ispaniya mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, o‘yinchilar hozirda eng yaxshi sport formasida emas, buning uchun biroz vaqt kerak.
– Biz hozir yaxshi sport formasida emasmiz. Bu mavsumoldi tayyorgarliklari bilan bog‘liq. O‘yinchilar JCh-2018 turnirida ko‘p kuch sarflashdi. Bundan tashqari ular turli muammolar sababli ko‘p shikoyat qilishmoqda, – deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” APLda hozircha 2 g‘alaba va 1 durang qayd etgan.
Fikrlar