Floyd Meyvezer UFC bilan shartnoma imzolashi mumkin

  • 28 oktabr, 2018, 16:27
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer UFC bilan shartnoma imzolashi mumkin. The Money Team Russia asoschisi Timofey Kurginning so‘zlariga ko‘ra, gap juda katta miqdordagi pul haqida ketmoqda.

Tecno

Men Floydning UFC bilan muzokaralar olib borayotganligini bilaman. Agar u shartnoma imzolasa, 9 belgidan (9 xonali son – SPORTS.uz) kamini ko‘rmaymiz, – deya Kurginning so‘zlarini keltiradi RT Sport nashri.

Floyd Meyvezer professional ringda 50 jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. U 2017 yil avgustida UFC jangchisi Konor Makgregor bilan boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazib, 10-raundda g‘alaba qozongan.

UFC chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov Makgregor ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Meyvezerni jangga chaqirgan, o‘z navbatida bokschi bunga rozilik bergan.

Hozir Xabib o‘z janglarini Konor singari sota olmaydi. Butun dunyo bo‘ylab Xabibga bo‘lgan qiziqish tez ortmoqda. Floydning Konor bilan jangi 600 million dollardan ko‘proq daromad keltirdi. Agar Xabibning jangi buning yarmini yig‘a olsa ham, katta pul bo‘lar edi, – deya qo‘shimcha qilgan Kurgin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!