Figu Ronaldo va Ronaldu haqida gapirdi

  • 4 noyabr, 2018, 13:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi afsonalaridan biri Luish Figu o‘zining “qirollik klubi”dagi sobiq jamoadoshi Ronaldo va hamyurti Krishtianu Ronaldularni o‘zaro taqqosladi.

Tecno

“Ularning ikkalasi ham yuqori saviyadagi futbolchilardir. Ronaldu boshi bilan ko‘proq gol uradi, Ronaldo esa jarima maydonchasi ichida yaxshiroq harakat qilardi.

Shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, ushbu ikki futbolchining borligi jamoaga ko‘plab gollar olib kelgan”, - deydi portugaliyalik sobiq futbol yulduzi.

Eslatib o‘tamiz, Figu Ronaldo bilan “qirollik klubi”da, Ronaldu bilan esa Portugaliya terma jamoasida birga to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!