Falkaoning "Atletiko"ga qaytishiga nima to‘sqinlik qilayotgani ma’lum bo‘ldi

  • 10 fevral, 2019, 13:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Monako” hujumchisi Radamel Falkao Madridning “Atletiko” jamoasiga qaytmoqchi emas, deya xabar beradi Don Balon nashri.

Tecno

Manbada yozilishicha, kolumbiyalik futbolchi monegaskliklar safini tark etmoqchi, biroq u Madridning “Atletiko”ga qaytish fikri ham yo‘q emas. Ma’lum bo‘lishicha, Falkaoga madridliklar ustozi Diego Simeone bilan munosabatlari xalaqit qilishi mumkin.

Falkao “Atletiko” safida 2011-2013 yillarda o‘ynagan, shundan so‘ng “Monako”ga o‘tgan. Bu mavsum Falkao Frantsiya chempionatida 20 o‘yinda maydonga tushib, 8 gol va 3 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!