
Falkao: "Monako" juda og‘ir ahvolga tushib qolgan edi
"Monako" forvardi Radamel Falkao kecha chempionatning 14-turida “Kan” (1:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Monako”ga bu g‘alaba zarur edi. Biz buni juda uzoq kutdik. Klub juda qiyin vaziyatga tushib qolgandi, ammo biz ushbu holatni enga oldik. Umid qilamanki xuddi shu ruhda davom etamiz”, - deydi kolumbiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Terri Anri shogirdlari shu tariqa o‘zlarining 14ta o‘yinda buyon davom etib kelayotgan g‘alabasiz seriyasiga barham berishdi.
Fikrlar