Falkao: Biz "Atletiko"dan qo‘rqmaymiz

  • 28 noyabr, 2018, 13:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Monako” hujumchisi Radamel Falkao EChLda “Atletiko”ga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

Men anchadan beri Madridga qaytmagan edim. U erda ko‘p yashadim. Ajoyib taassurotlar qolgan. Men barchasini yaxshi eslayman, ammo hozir bu muhim o‘yinda “Monako”ga yordam berishim zarur. Ijobiy natijaga erishishni xohlaymiz. Bu o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshiradi, – deydi Falkao.

– Bizga mavsum boshida o‘yinchilar etishmadi. Murabbiy yosh tarkibni ishga soldi. Ular galma-gal bizga yordam berdi, yoshlar o‘z yoshida yaxshi o‘ynashadi. Umid qilamanki, bu o‘yinda maqsadga erishish uchun ular barcha imkoniyatlarni ishga soladi.

– Biz professionalmiz va har qanday qiyinchiliklarga tayyormiz. Bu futbol o‘yini, vazifamiz chiqish va raqibdan qo‘rqmaymiz.

“Atletiko” – “Monako” bahsi bugun tunda Toshkent vaqti bilan soat 00:55da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!