
Fabregas "Monako"da debyut qildi (FOTO)
Xabaringiz bor ispaniyalik yarim himoyachi Sesk Fabregas o‘tgan hafta “Chelsi”dan “Monako”ga ko‘chib o‘tgan edi.
E’tiborlisi, kelganiga bir necha kun bo‘lganiga qaramay 31 yoshli futbolchi kecha bo‘lib o‘tgan “Marsel”ga qarshi o‘yinda monakoliklar safida debyut qildi va maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Monako” Fabregas uchun “Chelsi”ga 10 mln evro to‘ladi.
Fikrlar