FAKT! "Buxoro" "Bunyodkor" mezbonligidagi uchrashuvlarda hali gol urmagan. Videoprevyu

  • 30 mart, 2018, 14:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 4-turining markaziy uchrashuvi Toshkentda “Bunyodkor” va “Buxoro” jamoalari o‘rtasida o‘tadi. 30 mart oqshomidagi bahs bu ikki jamoaning o‘zaro hisobdagi 21-uchrashuvi sifatida qayd etiladi. E’tiborlisi, shu kungacha o‘tkazilgan 16ta bahsda “qaldirg‘ochlar” g‘alaba qozonganlar. 3ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Buxoroliklar hisobida birgina g‘alaba bor. To‘plar farqi – 49:8.

Tecno

Toshkentda o‘tgan uchrashuvlarda “Bunyodkor” har safar g‘olib chiqqan. Qiziqarlisi, buxoroliklar “Bunyodkor” mezbonligidagi uchrashuvlarda hali gol ura olishmagan.

O‘zaro o‘yinlar to‘purari Anvarjon Soliev hisoblanadi. Tajribali hujumchi buxoroliklar darvozasini 5 marotaba ishg‘ol qilgan. Bu haqda "Bunyodkor" matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Quyidagi havolalarda “Bunyodkor” va “Buxoro” jamoalarining “qaldirg‘ochlar” mezbonligida o‘tgan o‘zaro uchrashuvlari qaydnomalari va kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin.

BUNYoDKOR - BUXORO 2:0 (1:0)
01.10.2007. 22-tur. Toshkent. MHSK stadioni. 4000 tomoshabin
Gollar: Gochguli Gochguliev, 4 (1:0), Gochguli Gochguliev penalti, 90+1 (2:0)

BUNYoDKOR - BUXORO 2:0 (1:0)
28.09.2008. 22-tur. Toshkent. MHSK stadioni. 4812 tomoshabin
Gollar: Xose-Luis Vilyanueva, 45+1 (1:0), Timur Kapadze, 88 (2:0)

BUNYoDKOR – BUXORO 4:0 (0:0)
10.05.2009. 9-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 6682 tomoshabin
Gollar: Xose-Luis Vilyanueva 55 (1:0), Edson Ramos 60 (2:0), Anvarjon Soliev 74 (3:0), Anvarjon Soliev 90 (4:0)

BUNYoDKOR - BUXORO 3:0 (2:0)
20.06.2011. 13-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 5180 tomoshabin
Gollar: Viktor Karpenko 7 (1:0), Anvarjon Soliev 41 (2:0), Milosh Trifunovich 79 (3:0)

BUNYoDKOR – BUXORO 1:0 (0:0)
24.09.2012. 20-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 511 tomoshabin
Gol: Akmal Shorahmedov 70

BUNYoDKOR – BUXORO 4:0 (4:0)
05.05.2013. 7-tur. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 3162 tomoshabin
Gollar: Lutfulla To‘raev 19 (1:0), Oleg Zoteev 21 (2:0), Oleksandr Pishur 33 (3:0), Oleksandr Pishur 45+1 (4:0)

BUNYoDKOR – BUXORO 5:0 (1:0)
13.09.2014. 19-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 2058 tomoshabin
Gollar: Oleksandr Pishur 41 (1:0), Minori Sato 71 (2:0), Dostonbek Hamdamov 78 (3:0) Dostonbek Hamdamov 82 (4:0), Zabixillo O‘rinboev 90 (5:0)

BUNYoDKOR – BUXORO 2:0 (2:0)
12.03.2015. 1-tur. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 1594 tomoshabin
Gollar: Shaker Zuagi 6 (1:0), Mirzohid G‘ofurov 45+1 (2:0)

BUNYoDKOR – BUXORO 3:0
14.05.2016. 9-tur. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 1504 tomoshabin
Gollar: Sato Minori 51 (1:0), Eldor Shomurodov 62 (2:0), Dostonbek Hamdamov 65 (3:0)

BUNYoDKOR – BUXORO 3:0
19.11.2017. 29-tur. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 712 tomoshabin
Gollar: Shoxrux Gadoev 11 (1:0), Shoxrux Gadoev 56 (2:0), Islom Qobilov 61 (3:0)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!