
Evrokuboklardan chetlatilgan "Milan" o‘z safini A Seriya to‘purari bilan kuchaytirmoqchi
Rimning "Latsio" klubi forvardi Chiro Immobile faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.
Berilgan xabarlarga ko‘ra A Seriya to‘purari xatto “Milan” bir mavsum evrokuboklarda ishtirok etmagan taqdirda ham ushbu jamoaga ko‘chib o‘tishga tayyor. Biroq, “Latsio” o‘z etakchisi bilan xayrlashishni istamayapti.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli italiyalik futbolchi o‘tgan mavsum “Latsio” safida jami 47ta bahsda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 41ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar