"Everton" futbolchisi PSJga o‘tmoqchi

  • 29 yanvar, 2019, 14:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning  “Everton”klubi yarim himoyachisi Idrissa Guye faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli senegallik futbolchiga PSJdan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Shu sababli Guye “Everton” rahbariyatidan o‘zini transferga qo‘yishni so‘rab murojaat qilgan.

Qayd etish lozimki, parijliklarning bu boradagi birinchi taklifi 25 mln evro bo‘lgandi. Ammo ushbu taklif “irischilar” tomonidan rad etilgan edi. Shu bois PSJ taklif qilinayotgan mablag‘ni oshirishga tayyor.

Ma’lumot uchun, “Everton” Guyeni 2016 yil “Aston Villa”dan 7,6 mln funtga sotib olgan edi. U joriy mavsum APLda jami 20ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!