
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi
Poytaxtimizdagi Olimpiya zahiralari kollejida sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘z nihyaosiga etdi. Klassik kurash vakillari bahsidan so‘ng erkin kurashchilar ham O‘zbekiston chempionligi uchun bellashdilar.
Joriy yil oldinda kutib turgan ko‘plab xalqaro musobaqalar, jumladan Osiyo o‘yinlari, jahon chempionati kabi yirik turnirlarga terma jamoa tarkibini saralab bergan musobaqada yoshlar ham ishtirok etib, ayrim vazn toifalarida shohsupaga ko‘tarila olishdi.
Turnir yakunlariga ko‘ra, Jahongirmirzo Turobov, Mirzo Hayitov, Azizbek Soliev, Nodir Egamberdiev, Hasan Rahimov kabi kurashchilar o‘z vazn toifalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Umumjamoa hisobida Buxoro viloyati birinchi, Qoraqolpog‘iston Respublikasi ikkinchi va poytaxt jamoasi uchinchin o‘rinni egalladi.
Fikrlar