Engil atletikada barcha jahon rekordlari bekor qilinishi mumkin

CHERY AUTO
 
 
Xalqaro engil atletika federatsiyalari uyushmasi (IAAF) jahon rekordlarining barchasini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
 
Bu taklifni Xalqaro sport matbuoti uyushmasi (AIPS) bildirdi. Jurnalistlar tashkiloti Xalqaro engil atletika federatsiyalari uyushmasi prezidenti Sebastyan Koega ochiq maktab yozdi va keyingi paytda doping iste’moli ko‘payib ketgani uchun barcha jahon rekordlarini bekor qilishni taklif qilgan.
 
- Biz munozara va muhokamalarni davom ettiryapmiz, - deydi Xalqaro engil atletika federatsiyalari uyushmasi matbuot xizmati vakili. - Halol sportchilar va ularning natijalarini doimo qadrlab kelamiz. Agar jahon reytinglarining barchasi bekor qilinsa. halol yo‘l bilan rekord o‘rnatgan zabardast sportchilarning nomi ham tarixdan o‘chib ketadi. Shuningdek, rekordlar o‘chirib yuqborilsa, halol sportchilarni ham nopok yo‘llardan foydalanganga chiqarib qo‘yamiz.
 
 
Avvalroq Xalqaro engil atletika federatsiyalari uyushmasi doping iste’moli bo‘yicha murojaatlar uchun axborot portalini ishga tushirgan edi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!