
Dunyoni larzaga solgan sportchilar: Useyn Boltdan Krishtianu Ronaldu va Lionel Messigacha!
Sport matbuoti xalqaro uyushmasi (AIPS) 2016 yilning eng yaxshi sportchilari nomini e’lon qildi.
Eng kuchli erkak va ayol sportchilar dunyoning 110 mamlakatidan 382 nafar jurnalistlari ishtirok etgan ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi.
Erkaklar o‘rtasida yamaykalik engil atletikachi, Rio Olimpiadasi qahramoni Useyn Bolt eng zo‘r sportchi deb e’tirof etildi. Ayollar o‘rtasida eng ko‘p ovoz amerikalik gimnastikachi Simona Baylsga berildi.
AIPS talqini bo‘yicha eng kuchli sportchilar ro‘yxati quyidagicha bo‘ldi:
Erkaklar
1. Useyn Bolt (Yamayka, engil atletika) – 1149 ovoz (33,42 %)

2. Maykl Felps (AQSh, suzish) – 490 (14,25%)
3. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, futbol) – 387 (11,26%)

4. Endi Marrey (Buyuk Britaniya, tennis) – 159 (4,62%)
5. Niko Rosberg (Germaniya, Formula-1) – 146 (4,25%)
6. Lionel Messi (Argentina, futbol) – 124 (3,61%)

7. Lebron Jeyms (AQSh, basketbol) – 119 (3,46%)
8. Novak Djokovich (Serbiya, tennis) – 114 (3,32%)
9. Mo Fara (Buyuk Britaniya, engil atletika) – 91 (2,65%)
10. Xuan Martin Del Potro (Argentina, tennis) – 90 (2,62%)
Ayollar
1. Simone Bayls (AQSh, sport gimnastikasi) – 524 (15,24%)

2. Katinka Xossu (Vengriya, suzish) – 472 (13,73%)

3. Serena Uilyams (AQSh, tennis) – 361 (10,5%)
4. Ketlin Ledeki (AQSh, suzish) – 319 (9,28%)
5. Almaz Ayana (Efiopiya, engil atletika) – 279 (8,12%)
6. Anjelik Kerber (Germaniya, tennis) – 250 (7,27%)

7. Genzebe Dibaba (Efiopiya, engil atletika) – 160 (4,65%)
8. Ellison Feliks (AQSh, engil atletika) – 149 (4,33%)
9. Lora Trott ( Buyuk Britaniya, velotrek) – 125 (3,64%)
10. Lara Gut (Shveytsariya, tog‘ chang‘isi) – 112 (3,26%)
Fikrlar