
Donna Vekich ham "Australian Open"ni g‘alaba bilan boshladi
Xorvatiyalik tennischi Donna Vekich "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining birinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Donna ushbu davrada frantsiyalik Kristina Mladenovichni 6:2, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi davraga chiqdi.
Shu tariqa "Australian Open" musobaqasining navbatdagi bosqichida Vekich ispaniyalik Paula Bados, yoki avstraliyali Kimberli Birrellga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar