
Di Mariya PSJ bilan shartnomasini uzaytiradi
Le Parisien xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi va klub o‘rtasida kechayotgan muzokaralar o‘zining yakuniy pallasiga kirgan. Yangi kelishuv 2021 yilga qadar mo‘ljallangan.
Ilgariroq Di Mariya "Inter"ga o‘tishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalgan edi. Ma’lumot uchun, Di Mariya 2015 yil qishda parijliklar safiga kelib qo‘shilgan va o‘tgan mavsum PSJ safida jami 45 ta bellashuvda maydonga tushib, 21 ta gol kiritgan.
Fikrlar