Denis Istomin ATP reytingida pastga qulashda davom etmoqda
Professional tennischilar uyushmasi – ATP o‘zining yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kuchli o‘nlikda o‘zgarish yuz bermadi.
Faqatgina mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin jadvalda bir pog‘ona pastlab, 106 pog‘onadan joy oldi.
ATP reytingi 4 fevral 2019 yil
| Mesto | Tennischilar (Mamlakat) | Ochko |
|---|---|---|
| 1 (1) | Novak Djokovich (Serbiya) | 10955 |
| 2 (2) | Rafael Nadal (Ispaniya) | 8320 |
| 3 (3) | Aleksandr Zverev (Germaniya) | 6475 |
| 4 (4) | Xuan Martin del Potro (Argentina) | 5060 |
| 5 (5) | Kevin Anderson (JAR) | 4845 |
| 6 (6) | Rodjer Federer (Shveytsariya) | 4600 |
| 7 (7) | Kei Nisikori (Yaponiya) | 4100 |
| 8 (8) | Dominik Tim (Avstriya) | 3960 |
| 9 (9) | Djon Izner (AQSh) | 3155 |
| 10 (10) | Marin Chilich (Xorvatiya) | 3140 |



Fikrlar