
Dayana Yastremskaya "Toyota Thailand Open" chempioniga aylandi
Ukrainalik tennischi Dayana Yastremskaya "Toyota Thailand Open" turnirining yakkalik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Dayana Xuaxin shahrida o‘tgan musobaqaning final ucharshuvida avstraliyalik Ayla Tomlyanovichni 6:2, 2:6, 7:6 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa bosh sovrinni qo‘lga kirtigan Yastremskaya 280 reyting ochkosi va 43,000 AQSh dollari pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar