
Daniil Medvedev chorak finalga yo‘l oldi
Rossiyalik Daniil Medvedev va gollandiyalik Robina Xaaz Sofiya shahrida o‘tayotgan musobaqada bir yarim soat o‘zaro raqobatlashdi.
"Sofia Open" turnirining ikkinchi davrasidan joy olgan ushbu o‘yinda Daniil 5:7, 6:2, 6:2 hisobida raqibidan ustun keldi.
Endi Medvedev Professional tennischilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirning chorak finalida slovakiyalik Martin Klijanga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar