
"Chelsi" Jerom Boateng borasida "Bavariya"ga taklif yubordi
Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Jerom Boateng faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Daily Mail nashrining xabar berishicha, Londonning “Chelsi” klubi 28 yoshli germaniyalik futbolchi borasida nemis grandiga rasmiy taklif yuborgan.
Ta’kidlash kerakki, Boateng biror marta ham o‘zining “Bavariya”dan norozi ekanligi haqida gapirmagan. Shu sababli uning jamoadan ketish niyati ham yo‘q.
Fikrlar