Bugun sambo bo‘yicha JCh-2018 ikkinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi

CHERY AUTO

Buxarestda (Ruminiya) sambo bo‘yicha jahon chempionati-2018 musobaqasi davom etmoqda. Mazkur turnirda jahonning 80 davlatidan 750 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.

Tecno

9-11 noyabr kunlariga belgilangan turnirda uch yo‘nalishda 27 medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Erkaklar sambosi, ayollar sambosi va jangovar sambo. Bundan tashqari sportchilar xalqaro sambo federatsiyasi tomonidan taqdim etgan mukofot pullari bilan ham taqdirlanadi. Bunda ular egallangan o‘rinlarga qarab pullar taqsimlanadi: 1-o‘rin - 3000 AQSh dollar; 2-o‘rin - 2000 dollar; 3-o‘rin – 1500 dollar.

2-kun, 10 noyabr: Ayollar -52, -64 va -80 kg; Erkaklar -57, -74 va -100 kg; jangovar sambo -62, -82 va +100 kg.

3-kun, 11 noyabr: Ayollar -56, -68 va -80 kg; Erkaklar -62, -82 va +100 kg; Jangovar sambo -52, -68 va -90 kg.

> Terma jamoamiz tarkibi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!