Bugun dzyudochilarimiz Tel-Aviv Gran-Prisidagi ishtiroklarini boshlashadi

  • 24 yanvar, 2019, 10:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Bugun, 24 yanvar kuni Isroilning Tel-Aviv shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnir start oladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi musobaqada jahonning 54 mamlakatidan 400 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi. Bahslarda yurtimiz sharafini 18 nafar dzyudochi himoya qiladi.

Gran-Prida yurtimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qiladilar:

Erkaklar:

-60 kg: Rahmon Jumaev, Kemran Nurullaev
-66 kg: Shahram Ahadov, Sardor Nurillaev
-73 kg: G‘iyosjon Boboev, Ulug‘bek Otamurodov
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev, Muso Sobirov
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Hurramov, Sherali Jo‘raev
+100 kg: Alisher Yusupov, Bekmurod Oltiboev

Ayollar:

-52 kg: Gulnoza Ziyaeva, Diyora Keldiyorova
-57 kg: Amina Mamedova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
+78 kg: Nodira Yo‘ldosheva

Qayd etish lozimki, musobaqa Tokio 2020 Olimpiadasi uchun reyting ballarini taqdim etishi bilan ham ahamiyatlidir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!