
Bugun Sardor Rashidovning jamoasi o‘ynaydi
Hamyurtimiz Sardor Rashidov faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirayotganidan xabaringiz bor.
Bugun legionerimiz harakat qiladigan “Nasonal” klubi mamlakat chempionatining navbatdagi turida safarda “Santa-Klara”ga qarshi o‘ynaydi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, “Nasonal” ayni damda 23 ochko bilan musobaqa jadvalida 15-o‘rinni egallab turibdi. Hisobida 27 ochko bo‘lgan “Santa-Klara” esa 10-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Rashidov o‘tgan tur “Feyrense”ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan edi.
Fikrlar