
Bugun O‘zbekiston - Yaponiya uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi
Bugun Osiyo Kubogidan guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Yaponiya terma jamoalari uchrashuvi oldidan matbuot anjumani tashkil qilinadi. Matbuot anjumani Toshkent vaqti bilan soat 18:15da "Xalifa bin Zayd" stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper va futbol Javohir Sidiqov jurnalistlar savollariga javob beradi.
Soat 19:00da esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi "Xalifa bin Zayd" stadionida rasmiy mashg‘ulotni o‘tkazadi. Mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq.
Fikrlar