
Buffon PSJ safida debyut o‘yinini o‘tkazdi
Kecha Liga 1 doirasida PSJ klubi "Kan"ga qarshi maydonga tushishdi va 3:0 hisobi bilan g‘alaba qozondi.
40 yoshli darvozabon Janluiji Buffon parijliklar safida debyut uchrashuvini o‘tkazdi.
Aytib o‘tish joizki, "Kan" bellashuv davomida 1 marotaba darvoza tomon aniq zarba berishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar