
Braziliya terma jamoasiga bundan buyon Neymar sardorlik qiladi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite pentakampionlarga doimiy sardorlik qiluvchi futbolchini tanladi.
Seleção Brasileira nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Braziliyani bundan buyon PSJ forvardi Neymar sardor sifatida boshlab tushadi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi Braziliya terma jamoasi safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 90ta o‘yinda maydonga tushi, raqiblari darvozasiga 57ta to‘p kiritishga erishgan.
Fikrlar