
"Borussiya" Dortmund 3 nafar ingliz futbolchisiga qiziqib qoldi
Birdaniga uch nafar ingliz futbolchisi "Borussiya" Dortmundning qiziqishlar doirasiga kirib qoldli.
Daily Mirror nashri tarqatgan xabarga qaraganda bular "Manchester Siti" xavbeki Fil Foden, "Chelsi" vingeri Kallum Xadson-Odoi hamda "Liverpul" forvardi Bobbi Dunkanlardir.
Dortmundliklarni ushbu xaridlarga o‘tgan yoz “Manchester Siti”dan sotib olingan Jeydon Sanchoning omadli starti ilhomlantirmoqda. Ta’kidlash lozimki, Sancho joriy mavsum “Borussiya” safida jami 11a o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga hamda 8ta golga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar