Bir umrga futboldan chetlatilgan Babayan yana o‘zbek futboliga qaytdi. Bunga kim ruxsat berdi?

  • 26 fevral, 2019, 18:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 15
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan biroz avval O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan "Lokomotiv" klubida ish boshlagani haqida xabar e’lon qilindi. Vaholangki, u bundan avval O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (o‘sha paytda federatsiya deb yuritilar edi) ijroiya qo‘mitasi byurosining 15 yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan umrbod chetlashtirilgandi.

Tecno

Tashkilot rasmiy saytida chop etilgan xabarda jumladan shunday deyilgan edi:

"Samvel Babayan “Paxtakor” futbol klubida faoliyat borgan vaqtida futbolchilarning shartnomasi bilan bog‘liq hujjatlarga noqonuniy o‘zgartirishlar kiritgani aniqlandi. U jamoa tepasiga yangi rahbariyat kelayotganidan xabar topgach, klub bilan bitimi 2018 yil so‘ngiga qadar bo‘lgan futbolchilar shartnomasini 2017 yil qilib o‘zgartirgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — yil so‘ngida erkin agentga aylanadigan futbolchilarni xorijiy klublarga sotib, moddiy manfaat ko‘rish bo‘lgan.

Aynan mana shu manfaat ta’sirida u mamlakatning bosh jamoasini ham ko‘ngildagidek boshqara olmadi hamda futbolchilarga bo‘lgan noxolis munosabati sabab, terma atmosferasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Samvel Babayan termaga nomzodlarni saralab olishda asosan o‘ziga ma’lum futbolchilar bilangina ishlagan hamda barcha klublarga teng munosabatda bo‘lmagan. Shuningdek, tajribali murabbiy hamda mutaxassislarning fikr va tavsiyalarini inobatga olmagan.

O‘FF Iroqo‘mi Samvel Babayanning 2018 yilgi Jahon Chempionatining saralash o‘yinlari davomida tartib-intizomni yo‘lga qo‘ymagani, futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilmagani va ularni o‘z holiga tashlab qo‘ygani, ishiga mas’uliyatsizlarcha yondoshib, o‘zbek futbolining yuzi bo‘lgan milliy jamoa darajasini tushirib yuborganini ham inobatga olib, uning bu kabi noxolis faoliyati millionlar o‘yini bo‘lgan futbolga nisbatan xalqning noroziligiga sabab bo‘ldi, deb hisoblaydi.

Ma’lum bir futbolchilarni xorij klublariga sotish va moddiy manfaat ko‘rish maqsadida, garchi ularning saviyasi talabga javob bermasa ham, doimiy ravishda muhim o‘yinlarda milliy terma jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushirishni oqlash qiyin. Ayniqsa bu kabi ishlar bosh jamoa natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatsa.

Bundan buyon O‘zbekiston futbolidagi har bir murabbiy o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda mas’uliyatni chuqur anglagan holda, faoliyat yuritadigan jamoalarida tartib-intizomni yo‘lga qo‘yib, futbolchilarning holatini nazorat qilib borishi va natija uchun javobgarlikni his etishi talab qilinadi.

Futbol sohasidagi har bir murabbiy va mutaxassis faoliyati O‘FF tomonidan asosli tarzda o‘rganib chiqiladi va tegishli choralar ko‘rib boriladi".

Biroq, Babayan yana binoyidek futbolga qaytdi. Lekin, bir umrga futboldan chetlatilgan mutaxassisni futbolga qaytishiga kim ruhsat berdi?

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov o‘tgan yil aprel oyida bergan intervyusida ham Babayan haqida berilgan savolga quyidagicha javob qaytargan edi:

— Babayan masalasi nima bo‘ladi? Bungacha uning chetlatilgani haqida o‘qigandik. Futbolga qaytganini Latviya nashlaridan bildik.

— Uning borasida pozitsiyamiz o‘zgarmaydi. Milliy terma jamoadan o‘z manfaati yo‘lida foydalangan deb hisoblaganimiz uchun ham yaqin orada o‘zbek futboliga qaytarishni rejalashtirayotganimiz yo‘q. O‘FA qarori faqat biz uchun amalda bo‘ladi. Xalqaro miqyosda esa omadini bersin. Endi bizning futbol faqatgina bitta insonga qarab qolmaydi, faqat bir kishi hammasini o‘z holicha hal qilib tashlamaydi. Hamma bir yoqadan bosh chiqarishga intiladi. Shuningdek, nasib bo‘lsa mundialni o‘tkazib olsak, xorijlik tajribali mutaxassisni ham O‘zbekistonga olib kelamiz.

Xo‘sh, Umid Ahmadjonov bunday keskin fikrlaridan bir yil ham o‘tmasdan Babayan yana o‘zbek futboliga qaytdi. Xatto uni bir umrga futboldan chetlatgan O‘FA ham uni futbolga qaytishi haqida lom-lum demadi. 

Shaxsan mening Samvel Babayanga nisbatan hech qanday xusumatim yo‘q (JCh yo‘llanmasini barbod qilganini hisobga olmaganda). Ammo, gap bu erda O‘FAning printsipi haqida ketmoqda.

Xullas savollar juda ko‘p, biroq, ularga javobni O‘FA rahbariyatidan kutib qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Тохиржан Холмирзаев
26/02/2019 18:58
ЭНГ КАТТА ТАТАЛИЗАТОРЧИ КАЙТИБТИДА ЭСИЗ ЛОКОГА КИЙИН БУЛАДИ МУМИНЖОНОВ НИ УСТОЗИ БУ БАБАЯН ЭНДИ ИЛХОМНИ КАЙТАРИНГЛАР УФА ГА КИМ ПУЛ ТАШЛАСА УША ХАК ЭКАН. АХМАДЖОНОВНИ ХУРМАТ КИЛАРДИМ ЭЭЭ ПАЗОООР
Dilmurod Xojiev
26/02/2019 22:29
Уфа дегани бир лавзи йок ташкилот эканда йо мухлислани устидан куладими булар йетар узбек футболини устидан кулганлариз
&
Лео Месси
26/02/2019 19:24
Суперлига жамоаларининг кўпайиши...Бабаянни қайтиши...ЎФА яна бир бор тупурган тупигини қайтарволяпти..
&
Лео Месси
26/02/2019 19:23
Агар Бабабая ўзбек футболи учун ноёб мутахассис бўлганида тўғри тушунардик...лекин у футболнинг душманику..
Shohruh Rahmatov
27/02/2019 01:27
Zamon zoʻrniki, Tamosha koʻrniki boʻlib qoldi bizada qani haqiqat yuqolsin ARA babayan
Shohruh Rahmatov
27/02/2019 01:25
Biz bir qadam oldinga tashlashimiz uchun fudbolni emas oʻz nafsini oʻylaydigan odamlarni umuman fudbolimizga yaqinlashtirmasligimiz kerak
Dilmurod Xojiev
26/02/2019 22:28
Уфа дегани бир лавзи йок ташкилот эканда йо мухлислани устидан куладими булар йетар узбек футболини устидан кулганлариз
Dilmurod Xojiev
26/02/2019 22:27
Уфа дегани бир лавзи йок ташкилот эканда йо мухлислани устидан куладими булар йетар узбек футболини устидан кулганлариз
&
Sash
26/02/2019 21:53
Boshqa joyga sig'magan fudboldigi kana. Bukrini go'r tug'rilaydi. Umidjon akayam nima qilsin.
LV Zohid
26/02/2019 19:58
Obbo tinib tinchimagan odamlar-e
&
Alisher
26/02/2019 19:18
всё через одно место у нас????
Илхом Anvarov
26/02/2019 18:59
Ким рухсат берди деб ёзманглар! Коррупция рухсат берган! Гап тамом вассалом!!!
&
Xayrulla Ahmadjonov
26/02/2019 18:54
Hammasi til yog'lama
&
Лео Месси
26/02/2019 18:49
ЎФАда принцип борми ўзи?
26/02/2019 19:59
Jichcha bo'sayam bor manimcha :)