Bilasizmi? "Real" so‘nggi 18 yilda ilk bor mavsumni "Oltin to‘p" sohibisiz boshlaydi

  • 27 iyul, 2018, 18:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi tarkibida 2000 yildan buyon “Oltin to‘p” mukofoti sovrindori o‘ynab kelayotgan edi.

Tecno

O‘tgan 18 yil ichida Zinedin Zidan, Maykl Ouen, Ronaldo, Fabio Kannavaro, Kaka va Krishtianu Ronaldu kabi futbolchilar “qirollik klubi” safida to‘p surishdi. Biroq, portugaliyalik forvardning “Yuventus”ga o‘tib ketishi ushbu an’anani to‘xtatadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tish lozimki, so‘nggi 10 yil davomidagi barcha “Oltin to‘p”lar Ronaldu va Messi tomonidan qo‘lga kiritilganini inobatga olsak, “Real” so‘nggi 18 yil ichida ilk bor mavsumni dunyoning eng yaxshi futbolchisisiz boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!