
Bilasizmi? Modrich 2003 yil "Arsenal"ga ko‘chib o‘tishi mumkin edi, ammo..
Kuni kecha “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich faoliyatining boshida "Arsenal"ga ko‘chib o‘tishi ham mumkin edi.
France Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar”ning sobiq ustozi Arsen Venger 2003 yil Modrichni “Dinamo” Zagreb safida o‘ynab yurgan chog‘larida kuzatgan, ammo yakunda uni sotib olishni xohlamagan. Ammo, oradan biroz vaqt o‘tib Modrich baribir APL klubi safiga ko‘chib o‘tdi. Aniqrog‘i, 2008 yil “Tottenxem” xorvat futbolining bo‘lajak yulduzini sotib oldi.
Shundan so‘ng Modrich “shporlar” safida 4 yil harakat qildi va 2012 yil “Real”ga ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar