
Bilasizmi? Areolya Frantsiya terma jamoasi safida birorta o‘yin o‘tkazmay jahon chempioni bo‘ldi va tarixga kirdi
PSJ klubi darvozaboni Alfons Areolya Frantsiya terma jamoasi safida garchi birorta o‘yin o‘tkazmagan bo‘lsada jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash kerakki, JCh-2018da birorta ham o‘yinda maydonga tushmagan himoyachi Adil Rami ham mundialning oltin medali bilan taqdirlandi. Biroq, u faoliyati davomida 35ta o‘yinda terma jamoa sharafini himoya qilgan. Areolyaga esa shu kungacha biror marta ham maydonga tushish nasib qilmadi.
Shu tariqa Areolya Frantsiya futboli tarixida terma jamoa safida birorta ham o‘yin o‘tkazmay turib jahon chempioni bo‘lgan ilk futbolchi bo‘ldi.
Fikrlar