Benzema qishda APL grandi safiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 17 noyabr, 2018, 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi forvardi Karim Benzema faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 31 yoshli frantsiyalik futbolchini shaxsan “aristokratlar” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. O‘z navbatida Benzema ham italiyalik mutaxassis qo‘l ostida to‘p surishni xohlamoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda “Chelsi” Benzemani qishki transferlar davridayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Benzema “Real”da 2009 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida ushbu jamoa safida jami 430ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 202ta gol kiritib, 116ta golga assistentlik qilishga erishdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Uning transfer narxi esa 40 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!