Benzema EChL tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 4-o‘ringa chiqib oldi

  • 24 oktabr, 2018, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida "Viktoriya Plzen"ga (2:1) qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Tecno

Qayd etish lozimki, ushbu gol 30 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun ushbu musobaqadagi  57-gol bo‘ldi va u bu ko‘rsatgich borasida “qirollik klubi”ning sobiq hujumchisi Raul (71), “Barselona” hujumchisi Lionel Messi (105) hamda “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldulardan (120) so‘ng 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ma’lumot uchun, Benzema Chempionlar ligasida qatorasiga 14 mavsumdan buyon gol urib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!