Belotti 479 daqiqalik golsiz seriyasiga barham berdi

  • 5 noyabr, 2018, 10:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Torino” klubi forvardi Andrea Belotti kecha A Seriyaning 11-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Sampdoriya”ga (4:1) qarshi bahsda dubl qayd etdi va golli uzatmaga mualliflik qildi.

Tecno

E’tiborlisi, italiyalik hujumchi shu tariqa 479 daqiqa yoxud 5ta o‘yindan buyon davom etib kelgan golsiz seriyasiga barham berdi. Eslatib o‘tish lozimki, Belotti so‘ngg bor A Seriyaning 5- turida “Napoli” (1:3) darvozasini ishg‘ol etgan edi.

Ma’lumot uchun, Belotti joriy mavsum hozircha chempionatda jami 11ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!