
Bekzod Rasamatovning ishlari besh
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi turnirda Bekzod Rasamatov chorak finalga chiqdi.
Bekzod musobaqaning ikkinchi davrasida mezbonlar vakili Shohrux G‘ayratovni 6:0, 6:2 hisobida taslim qildi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Endi Rasamatov chorak finalda qozog‘istonlik Bekzod Yusupbekovga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar