"Bavariya"ning uch futbolchisi "Volfsburg"ga qarshi o‘ynay olmasligi mumkin

  • 28 aprel, 2017, 20:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubining uch nafar futbolchisi Germaniya Bundesligasining 31-turidan o‘rin olgan "Volfsburg"ga qarshi o‘yinda ishtirok etolmasligi mumkin.
Gap shundaki, myunxenliklarning Jerom Boateng, David Alaba va Mats Xummels kabi asosiy tarkib futbolchilari mashg‘ulotlarda ishtirok etishmayapti. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti aytib o‘tdi.
"Kecha Boateng, Alaba va Xummels mashg‘ulotlarda qatnashishmadi. Hozircha ularning "Volfsburg"ga qarshi o‘ynay olishlari noma’lum. O‘z navbatida "Bavariya" ertanggi bahsda ham chiroyli o‘yin namoyish etib, chempionlik uchun yana bir muhim qadamni tashlashi shart", - deydi italiyalik mutaxassis klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" hamda "Volfsburg" jamoalari o‘rtasidagi bahs ertaga, 29 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!