
"Bavariya" Rakitich uchun taklif tayyorlamoqda
Myunxenning “Bavariya” klubi “Barselona” yarim himoyachisi Ivan Rakitichning transferi bo‘yicha taklif tayyorlamoqda.
Unga ko‘ra Germaniya chempioni 30 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun kataloniyaliklarga 70 mln evro taklif qilmoqchi. Rakitichning o‘ziga esa yaxshigina maosh va asosiy tarkibdan joy va’da qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Rakitich o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 55ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar