«Barselona»ning «El Klassiko»dan oldin hal qilishi kerak bo‘lgan to‘rt vazifa

  • 28 sentabr, 2018, 21:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Barselona» so‘nggi ikki uchrashuvni o‘ta omadsiz o‘tkazdi va birota ham g‘alaba qozona olmagani e’tiborga molik. Yaqin oyda kataloniyaliklarning taqvimi juda tig‘iz ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, Ernesto Valverde oldida hal qilinishi kerak bo‘lgan bir talay vazifalar turibdi.

Tecno

«Ko‘k-anorranglilar» yaqin 30 kun ichida naq olti o‘yinni o‘tkazishadi. Ularning ko‘pchiligi esa grand klublarga qarshi kechadi. Ular dastlabki uchrashuvni «Atletik»ka qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Keyin esa Chempionlar Ligasi doirasida «Uembli»ga «Tottenxem» maydoniga safar qiladi.

Undan keyin ular «Mestalya»ga mahalliy «Valensiya»ga qarshi uchrashuv o‘tkazish uchun yo‘l olishadi. U erda esa kataloniyaliklar doim muammoga uchrab kelgan.

Xalqaro tanaffusdan keyin ular uch qiyin uy uchrashuvlarini o‘tkazishadi. Dastlab «Sevilya» mehmonga kelsa, keyin «Inter» uch ochko olish uchun tashrif buyuradi. Nihoyat oktyabr oyi yakunida orziqib kutiladigan uchrashuv «El Klassiko» bo‘lib o‘tadi. Bunday qiyin uchrashuvlar oldidan kataloniyaliklar o‘z sport formalariga kirib olishi zarur bo‘ladi.

Xavotirlarga sabab «Barsa» so‘nggi turda kutilmaganda autsayder «Leganes»ga yutqazib qo‘ydi. Qiyin uchrashuvlar arafasida bunday natija albatta «Barselona» tarkibida jiddiy muammolar borligini yana bir bor yuzaga chiqardi. Valverde bor mahoratini ishga solib tarkibni navbatdagi chempionlik sari boshlashi uchun yana qattiq ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Quyida u hal qilishi kerak bo‘lgan to‘rt vazifa haqida so‘z yuritamiz.

Qarshi hujumlar nazorati

Valverdening birinchi qiladigan ishi bu – qarshi hujumlarni nazorat qilish. «Barsa» so‘nggi ikki o‘yinda o‘tkazib yuborgan to‘rt goldan uchtasi aynan raqibning tezkor qarshi hujum uyushtirishi oqibatida o‘tkazib yuborildi.

«Ko‘k-anorranglilar»ning hujumkor o‘yin uslubi va yuqoriroqda himoyalanishi har doim qarshi hujum uyushtirish uchun ochiq zonalar paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lib kelgan. Ammo ular ayni vaqtgacha bu ishni yaxshiroq uddalab kelishgan va doim nazorat qilib kelgan. Bir yoki ikki aniq pas bilan ularni dog‘da qoldirish mumkin.

Xususan, Jerar Pike muammoga uchramoqda. U doim mavsumni sekin boshlaydi. Ammo 2018-19-yilgi mavsum har qachongidan ham kulguli chiqmoqda. U o‘tkazib yuborilgan uch golda jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi.

Himoyachilarni ruxlantirish va ularni tashkillashtirish muhim masala bo‘lish bilan birga yarim himoya bilan ham ishlash Valverde uchun zarur. Kamdan-kam hollarda «Barsa» yarim himoyasi raqib futbolchilariga erkin harakatlanish imkonini beradi. Buni ular tarkibida Serxio Buskets borligi bilan izoxlashimiz mumkin. O‘z pozitsiyasida dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Busketsning ham zaif nuqtalari bor. Bu uning tezligi.

Zarur rotatsiyalarni amalga oshirish

Futbol ayni vaqtda jamoaviy sport turi hisoblanadi. Shunday ekan katta uchrashuvlar oldidan «Barsa» rotatsiya qilishi juda muhim. Valverde rotatsiya qiladi, ammo uning rotatsiyasi juda g‘alati va muvozanatni saqlay olmaydi. Qisqasi u ahamityasiz o‘zgarishlarni qiladi.

Masalan, o‘ng qanot himoyasida unda ikki variant bor: mustahkam himoyachi Nelson Semedu va universal Serxi Roberto. U Roberto bilan o‘ynash kerak paytda Semeduni maydonga tashlaydi yoki teskarisi. Chuqur himoyalanadigan «Jirona»ga qarshi bahsda u Semedu bilan o‘ynadi. «Leganes»ga qarshi tezkor jamoaga qarshi Roberto bilan o‘ynadi.

Yarim himoyada Valverde Busketsga dam berish mumkin bo‘lgan o‘yinlarni aniqlay olmayapti. Shuningdek u Arturo Vidal va Artur kabi jamoaga hali to‘liq moslashmagan yangi vakillarni ayni vaqtda o‘ynatyapti.

Uning chap qanotdagi rotatsiyasi eng yomoni. Jordi Alba so‘zsiz tarkibning muhim figurasi. Uning tezligi va hujumlarga qo‘shilishi «Barsa»ning imkoniyatini oshirib kelgan. Hozirgi paytda unga raqobatchi yo‘q. «Barselona B»dan jalb qilingan Xuan Mirandaning esa tajribasi yo‘q. Shunday ekan, «Jirona»ga qarshi uchrashuvlarda uni tushirish va Albaga dam berishning eng yaxshi yo‘li hisoblanadi.

Ammo Valverde bunday qilmadi. «Leganes»ga qarshi bahsda Albaga dam berib, uning o‘rniga Tomas Vermalenni (!) maydonga tushirdi. «Lion»da chap qanot himoyasida ham o‘ynagan Umtitini emas aynan 32 yoshli jarohatga moyil Vermalen Albaga o‘rinbosarlik qildi.

Alba qiyin o‘yinlar arafasida dam olishi shart. Biroq Vermalen kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarda ham o‘ynayversa, buning qanday oqibatlarga olib kelishini siz ham taxmin qildingiz.

Messini markazga ko‘chirish

Navbatdagi vazifa rotatsiya va qarshi hujumlarni nazorat qilishga bevosita bog‘liq jihat. «Barselona» ushbu mavsumda sust o‘ynayotganing sababi Messi o‘ng qanot vingeri sifatida harakat qilmoqda. Messi aslida o‘ng qanot vingeri emas va u vaqtini sakkizlik, o‘nlik va to‘qqizlik bilan o‘tkazmoqda. biroq markazga yaqin joyda. U himoyaga yordam bermaydi, boisi bu ko‘p kuchni talab qiladi.

Qachonki u jarima maydonchasiga yaqin joyda ekan, jamoa himoyadagi muvozanatni yo‘qotib qo‘ymoqda. Luis Suares Messini o‘rnini ortiq munosib tarzda to‘ldira olmayapti. Bu ishni ko‘proq Rakitich bajarmoqda, ammo uning yakka o‘zi vazifani to‘liq uddalashga ojizlik qilmoqda.

O‘tgan mavsumda Valverde 4-4-1-1 o‘yin sxemasida o‘ynadi va bunda vingerlar himoyaga yordam berishi sababli vazifa bajarilgandi. Biroq bu mavsumda 4-3-3 ga qaytishgani tufayli Messini bemalol yana markaziy zonaga qaytarish mumkin.

Cuaresga dam berish

Yakuniy vazifa shuki o‘z darajasida o‘ynay olmayotgan Luis Suaresni tarkibdan chiqarib tashlash kerak. Vaqtincha yoki muntazam tarzda «Barsa» urugvaylik futbolchisiz yaxshiroq futbol namoyish qilmoqda.

Asosiy muammo yoshda, Suares o‘z formasini ushlab turishda ortiq qiyinchilikka uchramoqda. U 29 yoshdan beri ayni uslubda o‘ynamoqda.

«Leganes»ga qarshi uchrashuvga qo‘shilganidan keyin u to‘pni raqibdan olib oldinga tashlanishga urindi. Biroq u o‘zining uslubida qololmaydi. U so‘nggi pas va zarbadagi mahoratini yaxshilashi va rang-baranglik qo‘shishi shart. U «Barsa» ehtiyoj sezayotgan samarali to‘purar emas.

Unga shunchaki dam berish kerak. U «Leganes»ga qarshi uchrashuvni zaxiradan boshladi. Ehtimol bu «Atletik»ka qarshi bahsda ham takrorlanar. Unga «Valensiya»ga qarshi tayyorgarlik ko‘rishi uchun to‘liq bir hafta vaqt berishi kerak. Munirning esa yana tarkibga kirishib ketishi uchun vaqt talab qilinadi.

Yoki 4-3-3 o‘yin uslubida Messini markazda o‘ynatib qanotlarda Koutino, Dembele va Malkomlarni o‘ynatish ham yomon g‘oya emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!