
"Barselona" yozda Reshfordni sotib olishga urunib ko‘radi
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Manchester Yunayted" forvardi Markus Reshfordning xizmatlariga jiddiy qiziqib qoldi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 21 yoshli angliyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi va buning uchun mankuanliklarga 100 mln evro taklif qilishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Reshford MYu bilan amaldagi shartnomasini 6 yilga uzaytirishga kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Reshford joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida 32ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar