
"Barselona" Superliga to‘purarlaridan birini o‘z safida ko‘rmoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi Munir El-Xaddadini “Sevilya”ga sotib yuborgach, qishki transferlar davrida uning o‘rniga hujumchi sotib oladi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” Xitoyning “Chanchun Yatay” klubi forvardi Odion Igaloga qiziqish bildirishmoqda. Aytish lozimki, 29 yoshli ivuarlik futbolchi “Uotford”dagi faoliyati bilan barchaga yaxshi tanish.
Ma’lumot uchun, Igalo joriy mavsum Xitoy Superligasida 28ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 21ta gol urishga erishdi va to‘purarlar poygasida 2-o‘rinni egalladi.
Fikrlar