"Barselona" Suaresga "Everton"dan o‘rinbosar topdi

  • 10 dekabr, 2018, 14:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Everton” hujumchisi Risharlison faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda ingliz OAV.

Tecno

Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchining transfer narxi 40 million funtni tashkil qilishi mumkin. Braziliyalik futbolchini “Barselona”da 32 yoshli Luis Suaresga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.

Avvalroq “ko‘k-anorranglilar” urugvaylik futbolchiga Antuan Grizmann, Xarri Keyn yoki Kilyan Mbappeni o‘rinbosar sifatida qarayotgan edi.

21 yoshli futbolchi bu mavsum “Uotford” safida ijarada 14 o‘yinda 7 gol va 1 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!