
"Barselona" Rakitichning narxini e’lon qildi
Kataloniyaning “Barselona” klubi so‘nggi paytlarda xaridori ortib borayotgan xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Rakitichni o‘z safida olib qolmoqchi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar qaysidir jamoa 30 yoshli futbolchini sotib olishni istasa, u holda “ko‘k-anor ranglilar” hisobiga futbolchining shartnomasida belgilangan 125 million evrolik tovon pulini to‘lashi lozim. Qolaversa, jamoa ustozi Ernesto Valverdening ham yangi mavsumda Rakitichdan umidi katta va shu bois uni qanday qilib bo‘lmasin tarkibda saqlab qolmoqchi.
Eslatib o‘tish lozimki, Rakitichga PSJ klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq, UEFA tomonidan qo‘yilgan moliyaviy feyr-pley sabab parijliklar Rakitich borasida qo‘yilgan “Barsa” talabini bajara olishmaydi.
Fikrlar