
"Barselona" JCh-2018dan so‘ng 3 nafar futbolchisini sotadi
Kataloniyaning “Barselona” klubi JCh-2018 o‘yinlari yakunlangach darxol uch nafar futbolchisini transferga qo‘yadi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” mundialdan so‘ng Yerri Mina, Lyuk Din va Tomas Vermalen kabi himoyachilarni sotib yubormoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Yerri Minaga Turkiyaning “Fenerbaxche” klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar