
"Barselona" 4 nafar himoyachini kuzatmoqda
Kataloniyaning "Barselona" klubi ayni damda 4ta markaziy himoyachini kuzatib bormoqda.
El Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha “ko‘k-anor ranglilar” “Ayaks”dan Matteys de Ligt, “Inter”dan Milan Shkrinyar, “Napoli”dan Kalidu Kulibali hamda “RB Leyptsig”dan Dayo Upamekanolarni ko‘z ostiga olib qo‘yishgan.
Ta’kidlash kerakki, “Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde qishda jamoa tarkibiga aynan markaziy himoyachi olib kelmoqchi.
Fikrlar