
Balotelli yana Italiyaga qaytmoqchi
Frantsiyaning "Nitstsa" klubi forvardi Mario Balotelli o‘ziga yangi jamoa qidirishni boshlab yubordi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli italiyalik futbolchi faoliyatini o‘z vatanida davom ettirmoqchi. Shu bois u ayni damda A Seriya klublaridan taklif bo‘lishini kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, u faoliyati davomida “Inter” va “Milan” kabi italyan klublarida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Balotelli joriy mavsum “Nitstsa” safida Frantsiya chempionatida 10ta o‘yinda maydonga tushib, jamoasining 1ta goliga assistentlik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar