
"Ayaks" xitoyliklarning super taklifini rad etdi
Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubi "Ayaks" yarim himoyachisi David Neres uchun 43 mln evrodan ko‘proq mablag‘ taklif qildi.
Bu haqda amsterdamliklar sport direktori Mark Overmars Fox Sports telekanalidagi ko‘rsatuvlarning birida aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra xitoyliklar chindan xam 21 yoshli futbolchi uchun juda katta mablag‘ taklif qilishgan, ammo, yakunda rad javobini olishgan.
Eslatib o‘tamiz, “Ayaks” Neresni 2017 yilning yanvarida Braziliyaning “San-Paulu” klubidan 12 mln evroga sotib olgan edi. U joriy mavsum Gollandiya chempionatida jami 16ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar